Don tashabbusida muammo tugʻilgudek boʻlsa unda Rossiya qanday yoʻl tutadi?

Sergey Lavrov, Qora dengiz don tashabbusi yakun topgudek boʻlsa unda Rossiya qanday yoʻl tutishiga e'tibor qaratdi.

2005669
Don tashabbusida muammo tugʻilgudek boʻlsa unda Rossiya qanday yoʻl tutadi?

Rossiya Tashqi Ishlar vaziri Sergey Lavrov, Qora dengiz don tashabbusi yakun topgudek boʻlsa unda Rossiyaning qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksporti davom etishini bildirdi.

Lavrov, videokonferensiya orqali oʻtkazilgan matbuot anjumanida Qora dengiz don tashabbusi yakun topgudek boʻlsa unda Rossiyaning qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ziyon koʻrmasligini qayd etgan holda:

“Har qanday holatda ham oʻgʻit va oziq-ovqat eksportimiz davom etadi. Ishonchim komilki, hamkorlarimiz bundan ziyon koʻrmaydi”.-dedi.

Sergey Lavrov mavzu haqida shuningdek, don tashabbusi masalasida Ukrainaning don eksportini qiziqtirgan jihati tijoriy xarakterga ega ekani va uning 2,5 foizdan sal koʻprogʻi eng qashshoq mamlakatlarga eksport qilinayotgani ifoda etdi. Bunga ilova sifatida, shartnoma bekor qilingudek boʻlsa unda Rossiya xarajatlarni oʻzi qoplab, dunyoning eng qashshoq davlatlariga shu miqdorda yoki bundan ham koʻproq donni bepul yetkazib berilishini ta’minlashiga e’tibor qaratdi.



Aloqador xabarlar