Sudan maxsus kuchlari ikki kunlik sulh e’lon qildi

Sudan Tezkor harakat kuchlari (RSF) qo‘mondoni Muhammad Hamdan Dagalo 26 iyun, dushanba kuni Qurbon hayiti munosabati bilan bir tomonlama sulh e’lon qildi.

2004633

Uning so‘zlariga ko‘ra, sulh 27 va 28 iyun kunlari amal qiladi, biroq o‘zini himoya qilish holatlariga taalluqli emas. Mojaroning boshqa tomoni - Sudan armiyasi Dagaloning bayonotiga izoh bermadi.

Mamlakatning amaldagi prezidenti, O‘tish davridagi suveren kengash rahbari Abdul Fattoh al-Burxon boshchiligidagi Sudan armiyasi va RSF o‘rtasidagi janglar 15 apreldan beri davom etmoqda. Tomonlar bir necha bor sulh e’lon qilgan, biroq bunga rioya etmagan.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, Sudandagi mojaro kamida 1800 kishining hayotiga zomin bo‘lgan va minglab odamlar yaralangan. 350 000 ga yaqin sudanlik mamlakatni tark etdi, bir millionga yaqin kishi esa o‘z uyini tashlab ketishga majbur bo‘ldi. BMT Sharqiy Afrikada humanitar inqiroz yuzaga kelishi ehtimolidan ogohlantirdi.

Tanlangan kalimalar: #Sudan

Aloqador xabarlar