AQSh Don tashabbusi kelishuvi masalasi ustidan Erdoʻgʻanga minnatdorchilik bildirdi

Oq uy Milliy xavfsizlik kengashi vakili Jon Kirbi, Qora dengiz Don tashabbusi muddatining uzaytirilishiga e’tibor qaratdi.

2002332
AQSh Don tashabbusi kelishuvi masalasi ustidan Erdoʻgʻanga minnatdorchilik bildirdi

Amerika Qoʻshma Shtatlari (AQSh) Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan va u yetakchilik qilgan rasmiylarga, Don tashabbusi kelishuvi muddatini uzaytirish borasidagi sa’y-harakatlari uchun minnatdorchilik bildirdi.

Bu haqda Oq uy Milliy xavfsizlik kengashi vakili Jon Kirbi bayonot berdi.

Qora dengiz Don tashabbusi muddatining uzaytirilishiga e’tibor qaratgan Kirbi:

“Bu tashabbusning davom etishida Prezident Erdoʻgʻan va u yetakchilik qilgan rasmiylardan minnatdormiz”.-dedi.

AQSh Milliy xavfsizlik kengashi matbuot kotibi, Birlashgan Millatlar Tashkilotiga (BMT) ham minnatdorchilik bildirdi.

Don yoʻlagidan butun dunyo foyda koʻrayotganini ta’kidlagan Kirbi,

“Biz BMT va Prezident Erdoʻgʻanni qoʻllab-quvvatlashni davom etamiz. Chunki bu haqiqatdan mintaqadan tashqaridagi insonlar uchun muhimdir”, - degan ifodalarga oʻrin berdi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish ham Qora dengiz don tashabbusi doirasidagi amaliyotlarning tezlashtirilishi va bu “hayotiy” tashabbus muddatini uzaytirishga chaqirdi.

2022-yilning 24-fevralida Rossiya tomonidan Ukrainaga qarshi uyushtirilgan hujumning global oziq-ovqat narxlariga koʻrsatgan taʼsirini kamaytirish maqsadida BMT, Rossiya, Turkiya va Ukraina oʻrtasida 2022-yilning 22-iyuli kuni Istanbulda boʻlib oʻtgan anjumanda Qora dengiz don yoʻlagi bitimi imzolandi.

2022-yilning 19-noyabridan boshlab 120 kunga uzaytirilgan kelishuv muddati, bu yilning 18-marti kuni yana uzaytirilgandi.

Bu galgi muddati 18-iyulda tugaydigan kelishuv boʻyicha rossiyalik rasmiylar, uni uzaytirish imkoni koʻrmaganliklarini bildirdilar.



Aloqador xabarlar