AQShning turli shtatlarida sodir bo'lgan qurolli hujumlarda 4 kishi hayotdan ko'z yumdi

Amerika Qo'shma Shtatlarining (AQSh) turli shtatlarida sodir bo'lgan qurolli hujumlarda 4 kishi hayotdan ko'z yumdi, ko'plab kishi tan jarohati oldi.

2001229

Vashington shtati Grant okrugi politsiyasi rasmiylariga ko'ra, shanba kuni kechqurun o'tkazilgan festival doirasida Gorge amfiteatri yaqinidagi lagerda sodir bo'lgan otishmada ikki kishi halok bo'ldi va bir necha kishi yaralandi.

Rasmiylar hujumchi hibsga olinganini ma'lum qildi.

Missuri shtatidagi   Sent-Luis shahrida yarim tunda sodir bo'lgan yana bir qurolli hujumda bir kishi halok bo'ldi, 9 kishi yaralandi.

Illinoys shtatida DuPage okrugi politsiyasi shanba kuni yarim tunda mamlakatda qullikka barham berish deb nomlanuvchi “O‘n iyun” bayrami chog‘idagi otishmalar natijasida bir kishi halok bo‘lgani va kamida 20 kishi yaralanganini ma’lum qildi.

Tanlangan kalimalar: #Qurbonlar , #Hujum , #Qurolli , #AQSh

Aloqador xabarlar