Armanistonda ayollar ixtiyoriy ravishda harbiy xizmatni o'taydi

Armanistonda ayollarga harbiy xizmatni ixtiyoriy ravishda bajarishga ruxsat beruvchi qonun parlament tomonidan ma’qullandi.

2000624
Armanistonda ayollar ixtiyoriy ravishda harbiy xizmatni o'taydi

 

Armanistonda ayollarga harbiy xizmatni ixtiyoriy ravishda bajarishga ruxsat beruvchi qonun parlament tomonidan ma’qullandi.

Armaniston rasmiy axborot agentligi Armenpress xabariga ko‘ra, Armaniston Respublikasining “Harbiy xizmat va askar maqomi to‘g‘risida”gi qonuniga o‘zgartirish kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi, ayollarning ixtiyoriy harbiy xizmatni o‘tashi ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilindi.

Shunga ko‘ra, ayollar uchun ixtiyoriy harbiy xizmat tizimi joriy etildi. Armaniston Respublikasining 18-27 yoshdagi ayol fuqarolari ariza topshirishlari mumkin, ularning harbiy xizmat muddati 6 oyni tashkil qiladi.

Qonunga ko‘ra, 6 oylik muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan ayollarga harbiy xizmatni o'tagandan so'ng, 1 million dram miqdorida pul to‘lanadi.

Qonun Armaniston Prezidenti imzolaganidan keyin kuchga kiradi.

Armanistonda 18 yoshdan 27 yoshgacha bo‘lgan erkaklar 2 yil davomida harbiy xizmatni o‘tashi shart. Armanistonda yiliga ikki marta yoz va qish faslida harbiy xizmatga qabul qilinadi. 


Tanlangan kalimalar: #Armaniston

Aloqador xabarlar