Bosniya va Gertsegovinada nosniyaliklar yashgan uylar va masjidlarga hujum qilindi

Bosniya va Gertsegovinaning Kapljina shahridagi Surmanchi shahridagi masjid va Bosniyaliklar istiqomat qilayotgan uylar  oxirgi kunlarda ko'plab hujumlarga uchragani ma'lum qilindi.

2000064

Capljina Islom Kengashi Bosh imomi Adem Suta, Surmanchida oxirgi kunlarda juda ko'p xunuk hujumlar sodir bo'lganini ta'kidlab, "Avval masjid oynalari sindirildi, keyin masjid oynalari va eshigiga pnevmatik qurol bilan urilgan" dedi.

Hujumchilarning xunuk harakatlarini davom ettirayotganliklarini ta'kidlagan Suta,

"Eng yomoni, janoza namozi paytida tabut  qo'yilgan toshga qarata o'lik kaltakesak uloqtirildi. Bosniyaliklarga qandaydir xabar bermoqchi bo'lishdi". dedi u.

Bosniyaliklar yashagan uylarning oynalari ham sindirilganligini ifoda etgan Suta, "Ibodat joylari va uylarga qilingan bu hujumlar imonimiz va milliy o'zligimizga qarshi qilingan. Politsiya jinoyatchilarni tergov qilmoqda" deya qayd etdi.

Bosniya va Gertsegovinaning Kapljina shahridagi Surmanchi shahridagi masjid va bosniyaliklar istiqomat qilayotgan uylar  oxirgi kunlarda ko'plab hujumlarga uchragani ma'lum qilindi.

Aloqador xabarlar