Anqarada NATO, Turkiya va Shvetsiya vakillari yig'ilishi bo'lib o'tdi

Turkiya Prezidentining xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Akif Chag‘atay Kilich mezbonligida bo‘lib o‘tgan yig'ilish 3 soat davom etdi.

1999800
Anqarada NATO, Turkiya va Shvetsiya vakillari yig'ilishi bo'lib o'tdi

 

Turkiya va Shvetsiya vakillarining rasmiy muloqoti kecha, 14 iyun, chorshanba kuni Anqarada bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda qirollikning Shimoliy Atlantika alyansiga qo‘shilishi jarayoni muhokama qilindi.

Turkiya, Finlyandiya, Shvetsiya va NATO delegatsiyalarini o'z ichiga olgan Uch tomonlama kelishuvga muvofiq tashkil etilgan Doimiy qo'shma mexanizmning to'rtinchi yig'ilishi Prezident qarorgohida bo'lib o'tdi.

Turkiya Prezidentining xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Akif Chag‘atay Kilich mezbonligida bo‘lib o‘tgan yig'ilish 3 soat davom etdi.

Yigʻilishda NATO delegatsiyasi rahbari sifatida NATO Bosh kotibi Stian Yenssen, Shvetsiya Tashqi ishlar vazirligi shtat kotibi Yan Knutsson va Finlyandiy delegatsiyasi rahbari sifatida mamlakat Tashqi ishlar vazirligi doimiy davlat kotibi Jukka Salovaara ishtirok etadi.

Eslatma: Rossiyaning Ukrainaga hujumidan so'ng, NATOga a'zolik uchun ariza bergan Shvetsiya va Finlyandiya bilan Turkiya o'rtasida 28-iyun kuni Ispaniya poytaxti Madridda bo’lib o’tgan NATO sammitida Turkiyaning xavotirlarini bartaraf etish maqsadida uch tomonlama memorandum imzolangandi.

Turkiya xavotirlarga chek qo'ygan Finlyandiyaning NATOga aʼzoligini maʼqulladi, biroq terrorizmni qoʻllab-quvvatlagan Shvetsiyaga esa veto qoʻygandi.


Tanlangan kalimalar: #NATO , #Shvetsiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar