Misr chegarasidagi mojarodan so‘ng Isroil yangi choralar ko‘rmoqda

Ma'lumotga ko'ra, 3 iyun kuni Misr chegarasida sodir bo'lgan to'qnashuvdan so'ng, Isroil kuchlaridan Misr askarlarining noodatiy harakatlariga qarshi hushyor bo'lishlari so'ralgan.

1998698
Misr chegarasidagi mojarodan so‘ng Isroil yangi choralar ko‘rmoqda

 

Misr chegarasidagi mojarodan so‘ng Isroil yangi choralar ko‘rmoqda, jumladan, chegara chizig‘iga yaqinlashgan har qanday odamni o‘qqa tutmoqda.

Ma'lumotga ko'ra, 3 iyun kuni Misr chegarasida sodir bo'lgan to'qnashuvdan so'ng, Isroil kuchlaridan Misr askarlarining noodatiy harakatlariga qarshi hushyor bo'lishlari so'ralgan.

Bayonotda “Misr askarlariga endi ishonib bo‘lmaydi” va chegaradagi har qanday noodatiy vaziyat “hujum” sifatida baholanishi haqida ogohlantirildi.

Bunday holatda, Isroil askarlari "o't ochishga tayyorlanishlari" va Misr askarlarining chegaraga yaqinlashishlariga to'sqinlik qilishlari aytildi.

Isroil armiyasi 3-iyun kuni Misr bilan chegarada yuz bergan to'qnashuvda 3 nafar askarining halok bo'lganini ma'lum qildi.

Askarlarga qarata o't ochgan hujumchining Misrlik "politsiya xodimi" ekanligi va Isroil askarining qarshi hujumi natijasida o'ldirilgani qayd etildi.

Voqealar ortidan sodir bo'lgan to'qnashuvda bir "xavfsizlik qo'riqchisi"ning narkotik kontrabandachilarni quvib, chegara to'sig'ini kesib o'tgani, 3 nafar Isroil askari va qo'riqchining halok bo'lgani, 2 nafar Isroil askarining yaralangani bildirildi.

Voqea ortidan Isroildan uch nafar yuqori martabali armiya vakili Misr poytaxti Qohiraga tashrif buyurdi va davom etayotgan mushtarak tergov bo'yicha rasmiylar bilan uchrashdi.


Tanlangan kalimalar: #Isroil , #Misr

Aloqador xabarlar