Somalida raketa portlashi oqibatida 22 bola hayotdan ko'z yumdi

Quyi Shabel viloyati rasmiylaridan biri Ibrahim Malabov matbuotga bergan bayonotida, bolalar o'ynayotgan parkda portlash sodir bo'lganini aytdi.

1997882
Somalida raketa portlashi oqibatida 22 bola hayotdan ko'z yumdi

Somalida o'yin maydonchasida raketa portlashi oqibatida 22 bola hayotdan ko'z yumdi.

Quyi Shabel viloyati rasmiylaridan biri Ibrahim Malabov matbuotga bergan bayonotida, bolalar o'ynayotgan parkda portlash sodir bo'lganini aytdi.

Malabov, raketa portlashi natijasida bolalardan 22 nafari halok bo'lganini va 3 nafari jarohatlanganini ma'lum qildi.

Terror tashkiloti Esh-Shabobni ayblagan Malabov, halok bo'lgan bolalardan 16 nafarining o'g'il, 6 nafarining qiz ekanligini aytdi.

Voqea sodir bo'lgan hududni nazorat qilgan Al-Shabab, portlash Afrika Ittifoqining Somaliga o'tish missiyasi tomonidan tashlangan qo'l bombasi sabab bo'lganini da'vo qildi.



Aloqador xabarlar