Parijda pensiya islohotiga qarshi namoyishda 28 kishi hibsga olindi

Mamlakatda pensiya yoshini 64 ga oshirishni o'z ichiga olgan pensiya islohotiga ta'lim va transport kabi turli sohalar ish tashlashga kirishar ekan, Parij, Marsel, Lill va Renn kabi shaharlarda 14-marta ommaviy namoyishlar uyushtirildi.

1996356
Parijda pensiya islohotiga qarshi namoyishda 28 kishi hibsga olindi

 

Fransiya poytaxti Parijda pensiya islohotiga qarshi namoyishda bir politsiya xodimi yaralandi, 28 kishi hibsga olindi.

Mamlakatda pensiya yoshini 64 ga oshirishni o'z ichiga olgan pensiya islohotiga ta'lim va transport kabi turli sohalar ish tashlashga kirishar ekan, Parij, Marsel, Lill va Renn kabi shaharlarda 14-marta ommaviy namoyishlar uyushtirildi.

Parijdagi Invalides maydonida to'plangan namoyishchilar Italiya maydoniga yo'l oldi.

Poytaxtdagi namoyish chog'ida ayrim namoyishchilar va politsiya o'rtasida keskin lahzalar bo'ldi.

Namoyishchilar svetoforlar, tagliklar, axlat qutilarini yoqib yuborgan, avtobus bekatlari oynalarini sindirgan va politsiyaga  tosh uloqtirgan.

Politsiya namoyishchilarga ko'zdan yosh oqizuvchi gaz bilan javob berdi.

Umumiy ishchilar kasaba uyushmasi (CGT) mamlakat bo'ylab 250 dan ortiq nuqtada o'tkazilgan namoyishlarda jami 900 ming kishi ishtirok etganini ma'lum qildi.

Fransuz matbuotining rasmiy manbalarga tayangan maʼlumotlariga koʻra, mamlakatdagi namoyishlarda ishtirok etganlar soni 281 ming kishini tashkil etgan va Parijdagi namoyishda 28 kishi hibsga olingan.

Poytaxtdagi namoyishda bir politsiyachi yaralandi.

Pensiya islohotiga javoban, CGT energetika tarmog'i ertalab turli kompaniyalarga, shuningdek, Kanal +, Eurosport, RFI radiosi kabi ommaviy axborot vositalariga elektr energiyasini uzib qo'ydi.

Hauts-de-Seine provinsiyasining ko‘plab shaharlari elektr ta’minotidagi uzilishdan jabr ko‘rdi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Namoyish , #pensiya islohoti , #Fransiya

Aloqador xabarlar