Afg‘onistonda gubernator o‘rinbosari Ahmadiyga suiqasd sodir etildi

Afg‘onistonning Badaxshon viloyati gubernator o‘rinbosari Mavleviy Nisor Ahmad Ahmadiy suiqasd oqibatida hayotdan ko‘z yumdi.

1995854
Afg‘onistonda gubernator o‘rinbosari Ahmadiyga suiqasd sodir etildi

 

Afg‘onistonning Badaxshon viloyati gubernator o‘rinbosari Mavleviy Nisor Ahmad Ahmadiy suiqasd oqibatida hayotdan ko‘z yumdi.

Bu haqda Badaxshon gubernatorligining Madaniyat va axborot mudiri Maazeddin Ahmedi ma'lum qildi.

Uning ta'kidlashicha, viloyatning markaziy tumani Feyzobodning Mahkama maydonida mahalliy vaqt bilan soat 08:15da portlash sodir bo‘lgan. Unda gubernator o‘rinbosari Ahmedi olib ketayotgan avtomobil nishonga olingan.

Portlash natijasida Badaxshon gubernator o'rinbosari Mavleviy Nisar Ahmed Ahmedi va yana bir kishi halok bo'lgan, 6 kishi yaralangan.

Portlash xudkushlik hujumi natijasida sodir bo‘lgani aytilgan.

Portlash uchun javobgarlikni hali hech kim o‘z zimmasiga olgani yo‘q.


Tanlangan kalimalar: #Afg'oniston

Aloqador xabarlar