Bugun Quvaytda umumxalq saylovi o'tkazilmoqda

Quvaytning rasmiy agentligi KUNA xabariga ko‘ra, saylovchilar mahalliy vaqt bilan soat 08:00da ovoz berishni boshlagan. Ovoz berish soat 20:00 gacha davom etadi.

1995818
Bugun Quvaytda umumxalq saylovi o'tkazilmoqda

 

Quvaytda bugun umumiy saylov o'tkazilmoqda. 

Quvaytning rasmiy agentligi KUNA xabariga ko‘ra, saylovchilar mahalliy vaqt bilan soat 08:00da ovoz berishni boshlagan. Ovoz berish soat 20:00 gacha davom etadi.

Mamlakatda 793 ming 646 saylovchi ro'yxatga olingan. 207 nomzod Milliy Assambleyada faoliyat yuritadigan 50 deputat orasida bo'lish uchun kurashadi.

Quvayt amiri Shayx Navaf al-Ahmad al-Jobir es-Saboh avgust oyida “deputatlar o‘rtasidagi nomuvofiqlik” tufayli Assambleyani tarqatib yuborgandi va 29-sentyabr kuni saylov o'tkazishga qaror qilgandi. Saylovchilar 29-sentyabr kuni saylov uchastkalariga borib, o‘zlarining yangi deputatlariga ovoz bergandi.

Biroq 19-mart kuni Konstitutsiyaviy sud avvalgi parlamentning tarqatish haqidagi qarorini “noqonuniy” deb baholab, sentyabrdagi umumxalq saylovini bekor qilishga qaror qildi.

Oliy sud parlamentni avvalgi saylovlarda, ya'ni 2020 yilda saylangan a'zolar bilan davom ettirishi kerak degan qarorga kelgandi.

Quvayt amiri 17 aprel kuni Konstitutsiyaviy sud qarori bilan o‘z vazifasiga qaytgan 2020 yilgi majlisni takror tarqatib yuborgandi va 6 iyunda saylov o‘tkazishga qaror qilgandi.

Quvayt parlamenti so‘nggi 12 yil ichida 11 marta tarqatib yuborilgan.


Tanlangan kalimalar: #Quvayt

Aloqador xabarlar