Fransiya Turkiya bilan munosabatlarini yaxshilashni istaydi

Prezident Emmanuel Makronning qayta saylangan Prezident Rajap Tayyip Erdog’anga turk va frantsuz tillarida yo’llagan tabrik maktubi Fransiya va Turkiya o’rtasidagi munosabatlarni yaxshilash istagini ko’rsatganini bildirdi.

1994348
Fransiya Turkiya bilan munosabatlarini yaxshilashni istaydi

 

Fransiya Turkiya bilan munosabatlarini yaxshilashni istaydi.

Fransiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Anne-Kler Legendre, Prezident Emmanuel Makronning qayta saylangan Prezident Rajap Tayyip Erdog’anga turk va frantsuz tillarida yo’llagan tabrik maktubi Fransiya va Turkiya o’rtasidagi munosabatlarni yaxshilash istagini ko’rsatganini bildirdi.

Anne-Kler Legendre vazirlikning haftalik matbuot anjumanida jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Legrendre Turkiyadagi prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichi natijalari va Turkiya bilan Fransiya o’rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning kelajagiga baho bergan savoliga Makronning Turkiyadagi saylovlar haqida bayonot berganini va Prezident Erdog’an bilan telefonda gaplashganini eslatdi.

Anne-Kler Legendre ma’lum qilishicha, Makron Erdog’anni qayta saylangani bilan tabriklagan va Fransiya va Turkiya o’rtasidagi munosabatlarni yaxshilash istagida ekanligini ta’kidlagan.

Legendre, Makronning Fransiya va Turkiyaning Yevropaga tinchlik qaytishi, Yevro-Atlantika ittifoqining kelajagi va O‘rta Yer dengizidagi qiyinchiliklar kabi birgalikda yengishi kerak bo‘lgan chuqur muammolar borligini aytganini eslatdi.

Legendre, Erdo'g'an va Makron tez orada uchrashishga kelishib olganini bildirdi.

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar