Sudan armiyasi va HDK o'zlari imzolagan sulh bitimini yana 5 kunga uzaytirishga kelishib oldi

Sudan armiyasi va Tezkor qo'llab-quvvatlash kuchlari (HDK) o'zlari imzolagan sulh bitimini yana 5 kunga uzaytirishga kelishib oldi.

1992828
Sudan armiyasi va HDK o'zlari imzolagan sulh bitimini yana 5 kunga uzaytirishga kelishib oldi

 

Sudan armiyasi va Tezkor qo'llab-quvvatlash kuchlari (HDK) o'zlari imzolagan sulh bitimini yana 5 kunga uzaytirishga kelishib oldi.

Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) Xartum elchixonasining ijtimoiy media akkauntida qilingan bayonotda,

“Saudiya Arabistoni va AQSh Sudan armiyasi kuchlari va HDKning o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini yana 5 kunga uzaytirishini olqishlaydi”, — deyiladi bayonotda.

O‘t ochishni to‘xtatishni uzaytirish qarori ko‘proq insonparvarlik yordami va asosiy xizmatlar ko‘rsatish va uzoq muddatli o‘t ochishni to‘xtatish masalasini muhokama qilish uchun vaqt berishi ta’kidlandi.

Bayonotda, 20-may kuni imzolangan otashkesim toʻliq amalga oshirilmagan boʻlsa-da, muhtoj boʻlgan 1 millionga yaqin Sudanlik inson insonparvarlik yordamining yetkazilishini taʼminlaganligi qayd etildi.

Tomonlar 15-apreldan beri davom etayotgan to‘qnashuvlarni to‘xtatish uchun 20-may kuni AQSh va Saudiya Arabistoni vositachiligida bir haftalik otashkesim e’lon qilganliklarini ma’lum qildi.

O‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi kuchga kirganidan bir kun o‘tib, AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Sudanlik generallar yakuniy sulhga rioya qilmasa, sanksiyalarga duchor bo‘lishlari haqida ogohlantirdi.

Kecha oqshom soatlarida yakunlangan otashkesim davomida to'qnashuvlar davom etdi va har ikki tomon bir-birini sulhni buzganlikda aybladi.

 



Aloqador xabarlar