Rossiya Ukraina poytaxti Kiyevga qarshi havo hujumi uyushtirdi

Rossiya-Ukraina urushi davom etmoqda.

1992857
Rossiya Ukraina poytaxti Kiyevga qarshi havo hujumi uyushtirdi

Ukraina poytaxti Kiyev oxirgi bir kunda 3 marta insonsiz havo vositasi hujumlari tomonidan nishonga olindi. Voqeada kamida 1 kishi halok boʻldi, 4 kishi yaralandi.

Hujumda insonlar vahima bilan metro bekatlari va boshpanalarda jon saqlashga urindi. Yigirmadan ortiq insonsiz havo vositasi havo mudofaa tizimlari tomonidan yoʻq qilindi.

Ukraina armiyasi tomonidan mavzu haqida kecha berilgan bayonotda, Rossiya tomonidan Kiyevni nishonga olgan 11 ta Iskandar raketasi otilgani, ularning hammasi havoda yoʻq qilingani ma’lum qilingandi.

Rossiya Kiyevni haftaning yakshanba kuni kechasi ham 54 ta insonsiz havo vositasi orqali nishonga olar ekan, uning 52 tasi yoʻq qilingandi.

Rossiya poytaxti Moskva ham insonsiz havo vositasi hujumlarining nishoniga aylandi.

Urib tushirilgan IHVlarining ba’zi binolarga kichik ziyon yetkazgani, 1 kishining yengil tan jarohati olgani ma’lum qilindi.

Rossiya Mudofaa vazirligi esa Ukraina armiyasining havo bazalariga aniq boshqariladigan va uzoq masofali raketalar orqali zarba berilganini qayd etdi.

Ukraina armiyasi tomonidan berilgan bayonotda esa, port shahri Odessaga qarshi uyushtirilgan hujumda 5 ta samolyotning foydalanishdan chiqarilgani ta’kidlandi.

Boshqa tomondan, AQSh senatori Lindsey Grahamning Ukrainaga boʻlgan tashrifi va bergan bayonotlaridan keyin Rossiya Graham ismini qidiruvdagilar roʻyxatiga kiritdi.

Amerikalik senator Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan oʻtkazgan uchrashuvda, toʻqnashuvlar oqibatida qayd etilgan rus harbiy yoʻqotishlarni AQShning eng yaxshi xarajatlaridan biri sifatida baholagandi.

 



Aloqador xabarlar