Chet elda yashagan turklar Prezident Erdog’aning soylavdagi muvaffaqiyatini nishonladi

Prezident Rejep Tayyip Erdo’g'anning norasmiy natijalariga ko'ra, chet elda yashagan turklar Prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichida saylov muvaffaqiyatini nishonlashga kirishdi.

1992205
Chet elda yashagan turklar Prezident Erdog’aning  soylavdagi  muvaffaqiyatini nishonladi

 

 

Prezident Rejep Tayyip Erdo’g'anning norasmiy natijalariga ko'ra, chet elda yashagan turklar Prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichida saylov muvaffaqiyatini nishonlashga kirishdi.

Belgiyaning poytaxti Bryusselning Schaerbeek  dahasida  ko'chaga chiqqan ko'plab turk fuqarolari Turk bayroqlarini ko'tarib, Erdo'g'anni qo'llab-quvvatlovchi shiorlar berdi.

Bu mamlakatda yashovchi yuzlab Ozarbayjon va Turkiya fuqarolari Turkiyaning Bokudagi elchixonasi yonidagi bog’da to’planib, Erdog’anni saylovdagi muvaffaqiyati bilan tabrikladi.

Livan poytaxti Bayrutda ikkita alohida bayram “Tarik al-Jadid” mintaqasi va Falastin qochqinlar lageri Burj al-Barajnada bo‘lib o‘tdi. Tarik el-Jedidda to'plangan yuzlab kishi Turk bayroqlari bilan  nishonladi.

Prezident Erdo’g’anning Prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichidagi muvaffaqiyati Shvetsiyaning poytaxti Stokgolmda ham hayajon bilan nishonlandi.

Germaniyada yashovchi turk fuqarolari, Berlinning Kreuzberg  dahasi va Kurfurstendamm ko'chasida to'planib, Prezident Erdo'g'anni saylovdagi muvaffaqiyati bilan tabrikladi.

Qatarning diqqatga sazovor joylaridan biri bo'lgan Al Jaber Towers, Turkiyada bo'lib o'tgan Prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida erishilgan muvaffaqiyat tufayli Rejep Tayyip Erdo'g'an surati va Turk bayrog'i bilan yoritildi.

Niderlandiyaning Rotterdam shahridagi Hofplein maydonida to’plangan ko’p sonli turk fuqarolari, Turk bayroqlarini ko’tarib, Erdog’anni qo’llab-quvvatlovchi shiorlar aytishdi.

Shveytsariyaning Tsyurix shahrida ko'plab turk fuqarolari qo'llarida Turk bayroqlari bilan Erdo'g'anni qo'llab-quvvatladilar.

Shimoliy Kipr Turk Respublikasida, poytaxt Lefko’shada, Turk bayroqlari va Prezident Rajap Tayyip Erdog'anning plakatlari bilan avtomobil karvonlari tashkil qilinib, shahar safari uyushtirildi.

Prezident Erdog’anning qayta saylanishi AQSh, Italiya, Fransiya, Angliya, Avstriya, Bosniya va Gertsegovina, Serbiya, Kosovo, Chernogoriya, Shimoliy Makedoniya, Albaniya, Pokiston, Falastin va Jazoirda nishonlandi.

 



Aloqador xabarlar