AQSh Erdo'g'anning don tashabbusi uzaytirilgani haqidagi bayonotini olqishladi

Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh)  davlat kotibligi , Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'anning Qora dengiz don tashabbusining uzaytirilgani haqidagi bayonotini olqishlaganliklarini bildirdi.

1987897
AQSh Erdo'g'anning don tashabbusi uzaytirilgani haqidagi bayonotini olqishladi

 

Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh)  davlat kotibligi , Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'anning Qora dengiz don tashabbusining uzaytirilgani haqidagi bayonotini olqishlaganliklarini bildirdi.

AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi o'rinbosari Vedant Patel, Turkiya va Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) bu boradagi mushtarak sa'y-harakatlarini qattiq qo'llab-quvvatlaganliklarini bildirdi.

O'zining kundalik matbuot anjumanida Patel dunyo har bir necha haftada Moskvaga don yo'lagi muhimligini eslatishi shart emasligini aytib shunday dedi:

“Biz har bir necha haftada Moskvaga o‘z so‘zida turishni va Ukrainaga qarshi urushda odamlarning ochligini qurol sifatida ishlatishni to‘xtatishni eslatib turishimiz shart emas.

G‘alla muhtojlarga yetib borishi uchun Rossiya tekshiruvlarni to‘sib qo‘yishni to‘xtatishi kerakligini eslatmasligimiz kerak. Dunyo Qora dengiz don tashabbusiga muhtoj”.

Rossiyaning Ukraina bilan urushini to'xtatishi kerakligini ifoda etgan Patel, urushning tugatilishi qishloq xo'jalik savdosining normal holatga qaytishiga va global oziq-ovqat xavfsizligi sezilarli darajada yaxshilanishiga imkon berishini bildirdi.

Boshqa tomondan, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish,

Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va Turkiya hukumatiga Qora dengiz don tashabbusi bo‘yicha BMT bilan muvofiqlashgan holda ishlagan sa’y-harakatlari uchun minnatdorman”. dedi.

Guterres tashabbus bilan bog'liq ba'zi muammolar davom etayotganini va Rossiya, Ukraina, Turkiya va BMT bu mavzularni muhokama qilishda davom etishini bildirdi.

Guterres Qora dengiz don tashabbusi va BMT va Rossiya o'rtasidagi anglashuv memorandumining ahamiyati juda aniq ekanligini ta'kidladi.

"Bu kelishuvlar global oziq-ovqat xavfsizligi uchun muhim. Ukraina va Rossiya mahsulotlari dunyoni oziqlantiradi. Qora dengiz g'alla tashabbusi tufayli 30 million tonna g'alla eksport qilindi" deya qayd etdi.

 



Aloqador xabarlar