Zambiyada sodir bo'lgan YTHda 24 yo'lovchi halok bo‘ldi

Qayd etilishicha, Zambiyaning Siavonga shahridagi cherkovda o‘tkaziladigan diniy marosimga ketayotgan yo‘lovchilarni olib ketayotgan avtobus yuk mashinasiga borib urilgan.

1986101
Zambiyada sodir bo'lgan YTHda 24 yo'lovchi halok bo‘ldi

 

Zambiyada diniy marosimga ketayotgan yo‘lovchilarni olib ketayotgan avtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketishi oqibatida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisada 24 kishi halok bo‘ldi.

Qayd etilishicha, Zambiyaning Siavonga shahridagi cherkovda o‘tkaziladigan diniy marosimga ketayotgan yo‘lovchilarni olib ketayotgan avtobus yuk mashinasiga borib urilgan.

Hodisa oqibatida 24 kishi halok bo‘lgan bo‘lsa, haydovchi bilan birga 12 kishi og‘ir tan jarohati olgan.

Ta'kidlanishicha, Zambiyada qarovsiz yo'llar va ehtiyotsizlik tufayli yo'l-transport hodisalari tez-tez sodir bo'ladi.


Tanlangan kalimalar: #Zambiya

Aloqador xabarlar