BMT, Afg'onistonda ayol xodimlarga qo'yilgan taqiq borasida ma’lum qildi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Afg'onistonda Tolibon ma'muriyati tomonidan ayol xodimlarga qo'yilgan taqiq tufayli gumanitar yordam ko'rsatish harakatlari uzilishda davom etayotganini ma'lum qildi.

1983387

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi matbuot kotibi o'rinbosari Farhan Haq, kundalik matbuot anjumanida Afg'onistonda ayol xodimlarga qo'yilgan ish taqiqi haqidagi savollarga javob berdi.

Haq, afg'on xalqining gumanitar yordamga bo'lgan ehtiyoji juda katta ekanligiga diqqat qaratdi.

"Biz qiyinchilikka duch kelyapmiz. Biz bu ehtiyojlarni qondirishga harakat qilar ekanmiz, bu to'siqlar bizning faoliyatimizga to'sqinlik qilmoqda. Erkak va ayol barcha xodimlarga Afg'onistonda ishlashga ruxsat berilishi kerak degan pozitsiyamiz o'zgarmadi." Dedi u.

Haq, Afg'onistonga nisbatan o'z munosabat va siyosatlarini doimiy ravishda ko'rib chiqishda davom etganliklarini va tegishli ish usullarini topishga intilayotganliklarini bildirdi.

Ayol va erkak xodimlarning muhim vazifalardan tashqari, uydan ishlashda davom etganini qayd etgan Haq, o'lkada insonparvarlik yordami faoliyatlari olib borilayotganini bildirdi.

Haq esa, BMT xodimlari hayotini xavf ostiga qo'yadigan qadamlardan  ham qochishda davom etishini bildirdi.

Tanlangan kalimalar: #Taqiqlash , #Xodim , #Ayol , #BMT

Aloqador xabarlar