Ruandada sel va ko'chkilar oqibatida 109 kishi hayotdan ko'z yumdi

Mamlakatda tabiiy ofatdan eng ko'p zarar ko'rgan hududlar Ngororero, Rubavu, Nyabihu, Rutsiro va Karongi ekani aytilmoqda.

1982398
Ruandada sel va ko'chkilar oqibatida 109 kishi hayotdan ko'z yumdi

 

Ruandada seshanba kunidan beri davom etayotgan kuchli yog’ingarchilik tufayli yuzaga kelgan sel va ko'chkilar oqibatida 109 kishi hayotdan ko'z yumdi.

Ruanda Favqulodda vaziyatlar vaziri Marie Solange Kayisire, mamlakatning g'arbiy va shimoliy shtatlarida kuchli yomg'irlar sababli ko'chki va toshqinlar yuz berganini, unda 109 kishi halok bo'lganini ma'lum qildi.

Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etganini qayd etgan vazir, ko'plab uylar yaroqsiz holga kelganini, qishloq xo'jalik yerlari zarar ko’rganini aytdi.

U shuningdek, qurbonlarning aksariyati falokat vaqtida uylarida qolib, jon berganini qayd etdi.

Mamlakatda tabiiy ofatdan eng ko'p zarar ko'rgan hududlar Ngororero, Rubavu, Nyabihu, Rutsiro va Karongi ekani aytilmoqda.

Muhtoj oilalarga chodirlar yetkazib berilmoqda. Mamlakatda Mukamira-Ngororero va Rubavu-Rutsiro yo‘llari jiddiy shikastlangan.

 


Tanlangan kalimalar: #Ruanda

Aloqador xabarlar