Vladimir Putinga suiqasd uyushtirishga urinish bo'lgani iddao qilindi

Rossiya Prezidentlik Saroyi Kremlidan berilgan bayonotda, Ukrainaning kecha tunda ikki nafar uchuvchisiz havo vositasi (UHV) bilan Kreml saroyiga hujum qilishga uringani qayd etildi.

1982244
Vladimir Putinga suiqasd uyushtirishga urinish bo'lgani iddao qilindi

 

Ukraina Rossiya prezidenti Vladimir Putinga suiqasd uyushtirishga uringan deb davo qilindi .

Rossiya Prezidentlik Saroyi Kremlidan berilgan bayonotda, Ukrainaning kecha tunda ikki nafar uchuvchisiz havo vositasi (UHV) bilan Kreml saroyiga hujum qilishga uringani qayd etildi.

Taʼkidlanishicha, havo hujumidan mudofaa tizimlarining oʻz vaqtida ishga tushirilishi bilan UHV Kremlga hujum qilishdan avval  bartaraf etilgan.

Kreml rasmiylari yuqorida tilga olingan hujumni Putinga suiqasd va rejalashtirilgan terakt sifatida baholadi. Hujum tashabbusi tufayli Putinga zarar yetmagani qayd etildi.

Kreml rasmiylarining ta'kidlashicha, Rossiya ushbu hujumga "kerak deb bilgan joyda va lahzada" javob berish huquqini saqlab qoladi.

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov suiqasddan keyin Putinning ish dasturida hech qanday o‘zgarish bo‘lmasligini aytdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Tashabbus , #suiqasd , #Vladimir Putin , #Rossiya , #Ukraina

Aloqador xabarlar