Andrey Yusov Sevastopoldagi hujumni baholadi

Ukraina Mudofaa vazirligi Razvedka boshqarmasi matbuot xizmati kotibi Andrey Yusov, Ukraina matbuotiga, Sevastopoldagi neft omboriga qarshi insonsiz havo transporti orqali uyushtirilgan hujumni baholadi.

1981108
Andrey Yusov Sevastopoldagi hujumni baholadi

Rossiya tomonidan noqonuniy ravishda anneksiya qilib olingan Qrimning Sevastopol shahridagi Rossiyaga oid omborga qarshi uyushtirilgan hujumda 40 ming tonna neft saqlanadigan tanklar yo‘q qilindi.

Ukraina Mudofaa vazirligi Razvedka boshqarmasi matbuot xizmati kotibi Andrey Yusov, Ukraina matbuotiga, Sevastopoldagi neft omboriga qarshi insonsiz havo transporti orqali uyushtirilgan hujumni baholadi.

Neft omboridagi portlashda 40 ming tonna neft saqlanadigan 10 dan ortiq tank yo‘q qilinganini bildirgan Yusov, bu neft mahsulotlari Rossiyaning Qora dengiz flotiga tegishli ekanini qayd etdi.

Sevastopoldagi portlash, Umandagilar ham doxil o‘ldirilgan tinch aholi uchun Xudoning ishi ekanini ifoda etgan Yusov, Qrim aholisini yaqin kunlarda Rossiya harbiy obyektlari yaqinida bo‘lmaslikka chaqirdi.

Sevastopol gubernatori ekani iddio etilgan Mixail Razvojayev ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida, Qrimning Sevastopol shahridagi neft omborining insonsiz havo transporti orqali urilganini xabar qilgandi.

Hujum natijasida obyektda yong‘in chiqqaniga e’tibor qaratgan Razvojayev, 4 ta tank ziyon ko‘rgani haqidagi ma’lumotni ham o‘z so‘ziga ilova etgan.



Aloqador xabarlar