Sedat O'nal BMTde veto qo'llanilishi inqirozlarning davom etishiga sabab bo'lganini aytdi

Turkiyaning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi doimiy vakili Elchi Sedat O'nal veto qo'llanilishi harakatga to'sqinlik qilganini va inqirozning davom etishiga sabab bo'lganini aytdi.

1980094
Sedat O'nal BMTde veto qo'llanilishi inqirozlarning davom etishiga sabab bo'lganini aytdi

 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining veto huquqini muhokama qilish davom etmoqda.

Turkiyaning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi doimiy vakili Elchi Sedat O'nal veto qo'llanilishi harakatga to'sqinlik qilganini va inqirozning davom etishiga sabab bo'lganini aytdi.

Elchi Sedat O'nal Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasida "Vetodan foydalanish" mavzusida o'tkazilgan sessiyada so'zladi.

O'nal, Xavfsizlik Kengashining barcha a'zo davlatlar nomidan harakat qilishiga va qonuniyligini Birlashgan Millatlar Tashkiloti a'zolaridan olishiga diqqat qaratdi.

O’nal, “Ko’p hollarda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi o’z mas’uliyatini va vakolatini bajara olmaganini ko’ramiz.

Sedat O'nal, muammoning ildizida veto qo'llanilishi yotganiga diqqat qaratdi.

Elchi O'nal ko'p hollarda veto qo'llanilishi inqirozlarning davom etishiga va insoniy xarajatlarning oshishiga sabab bo'lganini ta'kidladi.



Aloqador xabarlar