Dunyoda harbiy xarajatlar 3,7 foizga oshib, 2 trillion 240 milliard dollarga yetdi

Tarixdagi eng yuqori ko‘rsatkich sifatida qayd etilgan o‘sishga 2022-yil 24-fevralda boshlangan Rossiya-Ukraina urushi sabab bo‘lgan.

1978708
Dunyoda harbiy xarajatlar 3,7 foizga oshib, 2 trillion 240 milliard dollarga yetdi

 

Global harbiy xarajatlar 2022-yilda 3,7 foizga oshib, 2 trillion 240 milliard dollarga yetdi.

Shvetsiyada joylashgan Stokgolm xalqaro tinchlik tadqiqot instituti (SIPRI) hisobotiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich tarixdagi eng yuqori ko‘rsatkich sifatida qayd etilgan.

O‘sishga 2022-yil 24-fevralda boshlangan Rossiya-Ukraina urushi sabab bo‘lgan.

Urushdan eng ko'p zarar ko'rgan Yevropa mamlakatlarida harbiy xarajatlar 30 yil ichidagi eng tez yillik o'sishni ko'rsatdi.

Markaziy va G‘arbiy Yevropa davlatlarining xarajatlari 345 mlrd dollarni tashkil qilmoqda.

Bu Sovuq urush davridan beri Yevropada qayd etilgan eng yuqori yillik o'sish ko'rsatgichidir.

2022-yilda eng ko‘p mablag‘ sarflagan mamlakatlar uchtaligi AQSh, Xitoy va Rossiya hisoblanadi. Bu davlatlar jahon harbiy xarajatlarining 56 foizini tashkil qiladi.

Rossiya bilan urushayotgan Ukrainaning harbiy xarajatlari 2022 yilda 640 foizga oshib, 44 milliard dollarga yetdi. 640 foiz mamlakat harbiy xarajatlarida qayd etilgan eng yuqori yillik o'sish ko'rsatgichi bo'ldi.

Hisobotga ko'ra, Turkiya dunyodagi eng ko'p mudofaa xarajatlari 10 milliard 600 million dollar bo'lgan 23-davlatdir.

Turkiyaning global mudofaa xarajatlaridagi ulushi mingda 5 foizni tashkil qiladi.


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Rossiya , #Harbiy xarajat

Aloqador xabarlar