Myanma markaziga urilgan dovul tufayli 6 kishi halok bo‘ldi, 109 kishi jarohat oldi

Straitstimes xabariga ko'ra, Myanma mahalliy hokimiyatlari tomonidan berilgan bayonotda, kecha mamlakatning markaziy qismida kuchli dovul sodir bo'lgani qayd etilgan.

1978105
Myanma markaziga urilgan dovul tufayli 6 kishi halok bo‘ldi, 109 kishi jarohat oldi

 

Myanma markaziga urilgan dovul tufayli 6 kishi halok bo‘ldi, 109 kishi jarohat oldi.

Straitstimes xabariga ko'ra, Myanma mahalliy hokimiyatlari tomonidan berilgan bayonotda, kecha mamlakatning markaziy qismida kuchli dovul sodir bo'lgani qayd etilgan.

Bayonotda, bo'ron oqibatida 4 nafari ayol bo'lgan 6 kishining hayotdan ko'z yumgani, 109 kishining tan jarohati olgani bildirildi.

Bayonotda jarohatlanganlarning Naypyitaw Union mintaqasidagi shifoxonalarda davolanayotgani, yaradorlardan 16 nafarining ahvoli og'ir ekani bildirildi.

Dovul oqibatida 200 dan ortiq uy vayron bo‘lgani, qutqaruv ishlari davom etayotgani ma’lum qilindi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #halok , #6 kishi , #Dovul , #Myanma

Aloqador xabarlar