Isroil kuchlari ishg'ol ostidagi G'arbiy Sohilda bir falastinlik bolani yaraladi

Falastin davlat televideniyesidagi xabarda, Jeninning Al-Araka qishlog'ida Isroil kuchlarining 12 yoshli falastinlik bir bolaga qarshi  ajratish simlari yaqinida o't ochgani bildirildi.

1978035
Isroil kuchlari ishg'ol ostidagi G'arbiy Sohilda bir falastinlik bolani yaraladi

 

Isroil kuchlari ishg'ol ostidagi G'arbiy Sohilda bir falastinlik bolani yaraladi.

Falastin davlat televideniyesidagi xabarda, Jeninning Al-Araka qishlog'ida Isroil kuchlarining 12 yoshli falastinlik bir bolaga qarshi  ajratish simlari yaqinida o't ochgani bildirildi.

Xabarda falastinlik bolaning orqa qismidan yaralangani qayd etildi.

Ayni paytda Al Halik  shahridagi Bayt Ummar qishlog'ida yashovchi falastinlik faol Muhammad Iyad Avadning aytishicha, Isroil kuchlari ularning shaharchasiga bostirib kirgan.

Isroil kuchlari bilan shahar aholisi o'rtasida to'qnashuv bo'lganiga diqqat qaratgan Avad, Isroil kuchlari ko'zdan yosh oqizuvchi gaz bilan aralashgach, falastinlik yoshlarning tosh otish bilan javob berganini aytdi.

Avad, ko'plab Falastinliklar ko'zdan yosh oqizuvchi gazdan jabrlanganini qo'shimcha qildi.


Tanlangan kalimalar: #Yaralandi , #Bola , #Falastin , #G'arbiy sohil , #Isroil

Aloqador xabarlar