Bayden Kongressni qurollarga oid qonunlar bo'yicha chora ko'rishga chaqirdi

Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) prezidenti Jo Bayden kecha tunda Alabama va Kentukki shtatlarida sodir bo'lgan otishmalardan so'ng Kongressni qurolga oid qonunlar bo'yicha chora ko'rishga chaqirdi.

1975851
Bayden Kongressni qurollarga oid qonunlar bo'yicha chora ko'rishga chaqirdi

 

Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) prezidenti Jo Bayden kecha tunda Alabama va Kentukki shtatlarida sodir bo'lgan otishmalardan so'ng Kongressni qurolga oid qonunlar bo'yicha chora ko'rishga chaqirdi.

Bayden yozma bayonotida, Alabama shtatining Dadeville shahrida bir o'smirning tug'ilgan kuni kechasida halok bo'lgan kamida 4 kishi va Kentukki shtatining Lousville shahridagi parkda olomonga qarata o‘q uzishi natijasida  halok  2 kishi uchun  rafiqasi bilan duo qilganliklarini bildirdi.

"Amerikada qurol-yarog'lar bolalarning qotillari orasida birinchi o'rinda turadi va ularning soni kamaymayapti, aksincha ko'payib bormoqda. Bu g'azablanadigan va qabul qilib bo'lmaydigan holat". Baydenning ta'kidlashicha, amerikaliklar qonunchilardan qurollanish bo'yicha sog'lom fikr bilan harakat qilishga chaqirdi.

U qurol-yarog'lar bo'yicha hayotni saqlab qoladigan federal qonunlar ustida vijdonan ishlashga tayyorligini ta'kidlagan Bayden, qurol ishlab chiqaruvchilarning javobgarlikdan ozod qilinishini bartaraf etadigan har tomonlama jinoiy yozuvlarni tekshirish  dedi. U Kongressni hujum qurollari va yuqori sig'imli  qurollarni taqiqlash kabi masalalar bo'yicha chora ko'rishga chaqirganini takrorladi.

Alabama shtati Dadeville shahrida tug'ilgan kun nishonlangan joyda kecha sodir bo'lgan hujumda 4 kishining hayotini yuqotgani, kamida 20 kishining jarohatlangani bildirildi.

Kentukki shtatining Luisvill shahrida kecha parkda olomonga qarata o‘q uzishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi, 4 kishi yaralandi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Hujum , #Kentukki , #Alabama , #Joe Biden , #AQSh

Aloqador xabarlar