Nigeriyada o'g'irlab ketilgan 80 kishi uchun to'lov talab qilindi

Nigeriyaning Zamfara shtatida 7 aprel kuni sodir etilgan hujumda o‘g‘irlab ketilgan kamida 80 kishi uchun to‘lov talab qilindi.

1972904
Nigeriyada o'g'irlab ketilgan 80 kishi uchun to'lov talab qilindi

 

Nigeriyaning Zamfara shtatida 7 aprel kuni sodir etilgan hujumda o‘g‘irlab ketilgan kamida 80 kishi uchun to‘lov talab qilindi.

Milliy matbuot xabarlariga ko‘ra, qurollangan shaxslar 7 aprel kuni Zamfara shtatidagi Vanzamay qishlog‘ida o‘g‘irlab ketilgan kamida 80 kishini ozod qilish uchun 30 million nigeriya nayrasi miqdorida to‘lov talab qilgan.

Qurollanganlar agar to‘lov to‘lanmasa, o‘g‘irlanganlarni o‘ldirish bilan tahdid qilgan.

Boshqa tomondan, Zamfara shtat gubernatori Bello Matawalle, garovga olinganlarni qutqarish uchun mintaqada operatsiyalar davom etayotganini bildirdi.

7 aprel kuni Zamfara provinsiyasining Wanzamay tumanida qurolli shaxslar tomonidan uyushtirilgan hujumda asosan ayollar va bolalardan iborat kamida 80 kishi o‘g‘irlab ketilgan edi.

Nigeriyada odam o'g'irlash o'lim jazosi bilan jazolansa-da, to'lov uchun odam o'g'irlash keng tarqalgan.

Mamlakatda kuchayib borayotgan xavfsizlik muammolariga qarshi kurash doirasida qurolli shaxslarga to'lov to'lash taqiqlandi.

 



Aloqador xabarlar