Isroil Tel-Avivga harbiy bo'linmalarni joylashtirmoqda

Mudofaa vazirligi bayonotiga ko'ra, Isroil Mudofaa vaziri Yoav Gallant xavfsizlik xodimlari bilan vaziyatni muhokama qildi.

1972235
Isroil Tel-Avivga harbiy bo'linmalarni joylashtirmoqda

 

Isroil Mudofaa vazirligi oxirgi paytlarda kuchayib borayotgan keskinlik tufayli xavfsizlikni ta'minlash uchun Tel-Avivga harbiy bo'linmalarni yubormoqda.

Mudofaa vazirligi bayonotiga ko'ra, Isroil Mudofaa vaziri Yoav Gallant xavfsizlik xodimlari bilan vaziyatni muhokama qildi.

Muhokamalardan so'ng Gallant mudofaa tashkilotiga Isroil politsiyasini harbiy bo'linmalar bilan qo'llab-quvvatlash haqida ko'rsatma berdi.

Isroil matbuoti, so'nggi davrda isroilliklarga qarshi kuchaygan hujumlar ortidan Tel Avivga armiya bo'linmalari joylashtirilishini e'lon qildi.

Gallant kecha G'arbiy Sohildagi ba'zi ko'chalar va o'tish nuqtalari bilan G'azodagi chegara punktlarini yopiq tutish amaliyotining xavfsizlik nuqtai nazaridan Fisih bayrami oxirigacha (12 aprel) uzaytirilishiga qaror qilgan edi.


Tanlangan kalimalar: #Isroil

Aloqador xabarlar