Isroil "Masjid al-Aqso"ni urush hududiga aylantirmoqchi

"Isroilning Masjid al-Aqsoga qarshi provokatsiyasi qabul qilinishi mumkin emas. Bu masjid hovlisini jang maydoniga aylantiradi, bu esa vaziyatni jiddiy ravishda yomonlashtiradi",-deydi Falastin Prezidentining matbuot kotibi Nabil Abu Rudeyne.

1972136
Isroil "Masjid al-Aqso"ni urush hududiga aylantirmoqchi

 

Falastin ma'muriyati Isroilning provokatsiyalari bilan bosib olingan Sharqiy Quddusdagi "Masjid al-Aqso"ni "urush hududiga" aylantirishini bildirdi.

Falastin Prezidentining matbuot kotibi Nabil Abu Rudeynening Falastin rasmiy agentligi WAFAda chop etilgan bayonotida, Isroilning Al-Aqso masjidiga qarshi qonunbuzarliklari haqida ogohlantirdi.

"Isroilning Masjid al-Aqsoga qarshi provokatsiyasi qabul qilinishi mumkin emas. Bu masjid hovlisini jang maydoniga aylantiradi, bu esa vaziyatni jiddiy ravishda yomonlashtiradi",-deydi u.

Isroilning Ramazon oyida har kuni muqaddas joylarga va namozxonlarga hujumlar uyushtirganini tilga olgan Abu Rudeyne, ushbu harakatlar “mintaqani  tubsizlikka sudraganiga” urg’u berdi.

Isroil politsiyasining ikki kun ketma-ket Masjid-i Aqsoda musulmonlarga qarshi ovozli bombalar, rezina qoplamali o'qlar va tayoqlar bilan nomutanosib kuch ishlatishi ishg'ol ostidagi Sharqiy Quddusdagi taranglikni kuchaytirdi va voqealarga sabab bo'ldi.

4 aprel kuni Isroilning Masjid-al Aqsoga uyushtirgan bosqinlari bilan mintaqada boshlangan taranglik, 7 aprel juma oqshomining birinchi soatlarida Isroilning G'azo va Livanga uyushtirgan hujumlari bilan yanada kuchaydi.

Bunga javoban G‘azodan Isroil tomonga raketalar otildi.


Tanlangan kalimalar: #Falastin , #Isroil

Aloqador xabarlar