Alp tog‘larida sodir bo'lgan qor ko‘chkisi oqibatida 4 kishi halok bo'ldi

Hodisa Fransiya janubi-sharqidagi Montblan yaqinidagi Armanset muzligida yakshanba kuni tushda yuz berdi.

1972126
Alp tog‘larida sodir bo'lgan qor ko‘chkisi oqibatida 4 kishi halok bo'ldi

 

Fransiyaning Alp tog‘larida sodir bo'lgan qor ko‘chkisi oqibatida kamida 4 kishi halok bo‘lgani ma’lum qilindi.

Hodisa Fransiya janubi-sharqidagi Montblan yaqinidagi Armanset muzligida yakshanba kuni tushda yuz berdi.

Viloyat hokimi oʻrinbosari halok boʻlganlarning 2 nafari togʻ yoʻlboshchisi ekanligini maʼlum qildi.

Yaralanganlarning shifoxonaga yetkazilgani, 2 kishining hamon bedarak yo‘qolganligi ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, qor ko‘chkisiga tog‘ tepasidan ajralgan qor qatlami sabab bo‘lgan.

Yo‘qolgan 2 nafar shaxsni qidirish ishlari davom etmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Fransiya

Aloqador xabarlar