Isroilga qarata o‘t ochilmagunicha, G‘azo va Livanga hujum bo‘lmasligi bildirildi

Isroil oliy mulozimlari Isroilga qarata o‘t ochilmagunicha, G‘azo va Livanga hujum bo‘lmasligini aytdi.

1971731
Isroilga qarata o‘t ochilmagunicha, G‘azo va Livanga hujum bo‘lmasligi bildirildi

 

Isroil oliy mulozimlari Isroilga qarata o‘t ochilmagunicha, G‘azo va Livanga hujum bo‘lmasligini aytdi.

Ismi oshkor etilmagan Isroillik "yuqori" amaldorlar Isroil jamoat teleradiokompaniyasi (KAN) bilan suhbatda, Uning ta'kidlashicha, Livandan qilingan raketa hujumi ortida Hizbulloh yo'qligi haqida razvedka ma'lumotlari borligi sababli Hizbullohga hech qanday javob berilmagan.

Rasmiylar, Isroilga qarata o't ochilmaguncha, G'azo va Livanga hujum qilinmasligini ta'kidladi.

Shuningdek, xabarlarda Isroil rasmiylari, "Isroildagi xavfsizlik agentligi, ayniqsa, yahudiylarning Fisih bayramida barcha jabhalarda keskinlikni yanada kuchaytirmaslikka qat'iy" qarorli deya bayonotlar kiritildi.

Boshqa tomondan ishg'ol ostidagi G'arbiy Sohildagi Jenin shahriga uyushtirilgan bosqinda Isroil askarlari tomonidan ochilgan otishma natijasida 2 nafar Falastinlik tan jarohati oldi.

Falastin Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, G'arbiy Sohildagi Jenin shahridagi Burkin qishlog'ida Isroil askarlari ikki nafar falastinlikni  haqiqiy o'q bilan o'qqa tutdi.

Bayonotda jarohatlanganlar Jenin davlat kasalxonasiga olib borilgani qayd etildi.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, Isroil harbiy mashinalari Burkin shahriga reyd o‘tkazar ekan, mintaqa aholisi, qurollangan falastinliklar va Isroil kuchlari o‘rtasida to‘qnashuvlar sodir bo‘lgan.

Falastin qarshilik tashkilotlaridan Islomiy Jihod Harakatining harbiy qanoti Quddus Seriyyeleri tomonidan berilgan yozma bayonotda, harakatning ba'zi unsurlari Burkinga bosqin uyushtirgan Isroil askarlari bilan qurolli to'qnashuvga kirishgani bildirildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Hujum , #G'azo , #Falastin , #Isroil

Aloqador xabarlar