Shvetsiya politsiyasi Qur'onni yoqish harakatiga qarshilik ko'rsatmoqda

Stokgolm politsiya boshqarmasi tomonidan berilgan bayonotda, xavfsizlik xavfi tufayli Qur'onni yoqishni istagan ikki kishiga ruxsat bermagan politsiya qarorini bekor qilgan ma'muriy sud qarori ustidan shikoyat qilingani bildirildi.

1971385
Shvetsiya politsiyasi Qur'onni yoqish harakatiga qarshilik ko'rsatmoqda

 

Shvetsiya politsiyasi Shvetsiya ma'muriy sudining provokatsiyaga Qur'onni yoqishga ruxsat bergan qaroriga e'tiroz bildirdi.

Stokgolm politsiya boshqarmasi tomonidan berilgan bayonotda, xavfsizlik xavfi tufayli Qur'onni yoqishni istagan ikki kishiga ruxsat bermagan politsiya qarorini bekor qilgan ma'muriy sud qarori ustidan shikoyat qilingani bildirildi.

Bayonotda,

"4 aprel kuni Maʼmuriy sud politsiya Qurʼonni yoqish uchun ikki marta ommaviy yigʻilish oʻtkazishga ruxsat bermaganini adolatsizlik deb topdi. Politsiya ham sud qarorlarini koʻrib chiqdi va qarorni bekor qilish uchun yuqori turuvchi sudga murojaat qildi". ifodalar ishlatilgan.

Fevral oyida Shvetsiyada asli iroqlik Salvan Momika Stokgolmdagi Iroq elchixonasida, Afrikadan kelgan Kris Makoundout esa Turkiyaning Stokgolmdagi elchixonasi oldida Qur'onni yoqib yubormoqchi edi.  Politsiya xavfsizlik nuqtai nazaridan bu provokatsiyalarga ruxsat bermadi.

Momika va Makoundout politsiyaning  ularga ruxsat bermaslik qarorini sudga olib borgan edi.

Shvetsiya sudi politsiya qarorini bekor qilib, “xavfsizlik xavfi tashvishlari” namoyish oʻtkazish huquqini cheklash uchun yetarli emasligini taʼkidlagan.  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar