Peruda hukumatga qarshi namoyishlarda qurbonlar soni 69 kishiga yetdi

Namoyishchilar prezident Dina Boluartening iste'fosini, Kongressning tarqatilishini va zudlik bilan muddatdan oldin saylovlar o'tkazilishini talab qilmoqda.

1970090
Peruda hukumatga qarshi namoyishlarda qurbonlar soni 69 kishiga yetdi

 

28-mart kuni Peruda hukumatga qarshi namoyishlarda yaralangan yana bir kishi halok bo‘lgach, qurbonlar soni 69 kishiga yetdi.

Peru matbuotining yozishicha, hukumatga qarshi namoyishlarda yaralangan 37 yoshli Manuel Quilla Puno viloyatining Juliaca shahrida vafot etgan.

Shu tariqa, 2022-yil 11-dekabrdan beri o‘tkazilgan namoyishlarda halok bo‘lganlar soni 69 nafarga yetdi.

Quillaning o'limidan so'ng bayonot bergan oila a'zolari, Quilla politsiya bo'limida ko'rilgan og'ir qiynoqlar natijasida vafot etganini iddao qilishdi.

Mamlakatdagi inson huquqlari tashkilotlariga ko'ra, namoyishlarda halok bo'lgan 69 kishidan 50 nafari xavfsizlik kuchlarining to'g'ridan-to'g'ri aralashuvi natijasi ekanligi ilgari surilgan.

Namoyishchilar prezident Dina Boluartening iste'fosini, Kongressning tarqatilishini va zudlik bilan muddatdan oldin saylovlar o'tkazilishini talab qilmoqda.

Peruda norozilik namoyishlari sobiq prezident Pedro Kastilyoga 2022-yil 7-dekabrda Kongress tomonidan impichment e’lon qilinganidan keyin boshlangandi.


Tanlangan kalimalar: #Peru

Aloqador xabarlar