Avstraliya TikTok ijtimoiy media platformasini taqiqlamoqda

Bosh prokuror Mark Dreyfus o‘z bayonotida bu taqiq razvedka va xavfsizlik idoralarining tavsiyalariga asoslanib, “imkon qadar tezroq” kuchga kirishini aytdi.

1969539
Avstraliya TikTok ijtimoiy media platformasini taqiqlamoqda

 

Avstraliya xavfsizlik nuqtai nazaridan federal hukumat qurilmalarida Xitoyning TikTok ijtimoiy media platformasidan foydalanishni taqiqlovchi “Besh ko‘z” deb nomlanuvchi elektron razvedka alyansining so‘nggi a’zosiga aylandi.

Qaror "Besh ko'z" a'zolari Amerika Qo'shma Shtatlari, Kanada, Buyuk Britaniya va Yangi Zelandiya taqiqlar bo'yicha xuddi shunday qadamlar qo'yganidan keyin qabul qilindi.

Bosh prokuror Mark Dreyfus o‘z bayonotida bu taqiq razvedka va xavfsizlik idoralarining tavsiyalariga asoslanib, “imkon qadar tezroq” kuchga kirishini aytdi.

Birinchi marta 1946 yilda AQSh va Angliya o'rtasida imzolangan; Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiya ishtirokida kengaytirilgan UKUSA nomi bilan tanilgan "elektron razvedka" ittifoqi "Besh ko'z" deb ataladi.

TikTok Xitoyparast qarashlarni tarqatish va foydalanuvchi ma'lumotlariga kirish uchun ishlatilishi mumkin bo'lgan xavfsizlik va maxfiylik xavotirlari tufayli jiddiy cheklovlarga duch kelmoqda.

AQSh, Yevropa Ittifoqi, Daniya, Hindiston, Kanada, Angliya va Yangi Zelandiya ham taqiqlar bo'yicha xuddi shunday choralar ko'rgandi.


Tanlangan kalimalar: #TikTok , #Avstraliya

Aloqador xabarlar