Papua-Yangi Gvineyada 7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Amerika geologiya tadqiqot instituti mamlakat shimoli-sharqidagi Kaynantu mintaqasida zilzila 90 kilometr chuqurlikda sodir bo‘lganini ma’lum qildi.

1968786
Papua-Yangi Gvineyada 7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

 

Tinch okeanining janubi-g‘arbiy qismidagi Papua-Yangi Gvineyada 7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.

Amerika geologiya tadqiqot instituti mamlakat shimoli-sharqidagi Kaynantu mintaqasida zilzila 90 kilometr chuqurlikda sodir bo‘lganini ma’lum qildi.

Amerika Okean va Atmosfera milliy boshqarmasi zilziladan keyin Papua-Yangi Gvineya va Indoneziya qirg‘oqlari uchun tsunami xavfi haqida ogohlantirdi va keyinroq ogohlantirishni bekor qildi.

Zilzila qurbonlari va mol-mulki haqida hozircha ma'lumot yo'q.


Tanlangan kalimalar: #Zilzila , #Papua-Yangi Gvineya

Aloqador xabarlar