Isroil kuchlari al-Aqsa jome’ masjidiga bosqin uyushtirdi

Isroil kuchlari 26-mart kuni ham al-Aqsaga kirib, Qibla masjidida namoz o‘qiyotgan va e’tikofda bo‘lgan falastinliklarni majburlab tashqariga chiqargan.

1968569
Isroil kuchlari al-Aqsa jome’ masjidiga bosqin uyushtirdi

Isroil kuchlari al-Aqsa jome’ masjidiga bosqin uyushtirdi.

Guvohlardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra Isroil kuchlari elektr energiyasini uzib, Qibla masjidida e’tikofda bo‘lgan falastinliklarni tashqariga chiqishga majbur qilgan.

Falastinliklar esa masjid eshiklarini yopib, Isroil kuchlariga monelik qilishga uringan.

Isroil kuchlari va fanatik yahudiy ko‘chmanchilar tez-tez al-Aqsa jome’ masjidiga qarshi bosqin uyushtirib, falastinliklarni g‘azablantirishga harakat qilmoqda.

Isroil kuchlari 26-mart kuni ham al-Aqsaga kirib, Qibla masjidida namoz o‘qiyotgan va e’tikofda bo‘lgan falastinliklarni majburlab tashqariga chiqarar ekan, ayni vaqtda e’tikof o‘tirgan 2 kishini qo‘lga olgandi.



Aloqador xabarlar