Yevropa Ittifoqida umumiy aholi soni 2100-yilda 6 foizga qisqaradi

Yevropa Ittifoqi tarkibiga kiruvchi mamlakatlarning umumiy aholisi 2100-yilda 6 foizga qisqarib, 27,3 million kishiga kamayadi, keksa aholi soni esa ortadi.

1967723
Yevropa Ittifoqida umumiy aholi soni 2100-yilda 6 foizga qisqaradi

 

Yevropa Ittifoqi tarkibiga kiruvchi mamlakatlarning umumiy aholisi 2100-yilda 6 foizga qisqarib, 27,3 million kishiga kamayadi, keksa aholi soni esa ortadi.

Bu haqda Yevropa Statistika idorasi Eurostat bayonotida qayd etildi.

Unga ko'ra, Covid-19 epidemiyasi tufayli 2020 va 2021 yillarda qisqargan Yevropa Ittifoqidagi aholi soni 2022 yilda yana orta boshlangani va aholi soni 451 millionga ko'tarilishi ma'lum qilindi. 2023 yilda Ukrainadagi urush tufayli ukrainaliklar Yevropa mamlakatlariga ko'chib keladi.

2026-yilda 453 million bo‘lishi kutilayotgan aholi soni 2040-yillardan 2100-yillargacha 420 millionga kamayib ketishi taxmin qilinmoqda.

Bundan tashqari, 19 yoshgacha bo‘lganlarning aholiga nisbati 2022-yildagi 20 foizdan 2100-yilda 18 foizga, 20-64 yoshdagilar nisbati esa 59 foizdan 50 foizga kamayishi ta’kidlandi. 

Keksa aholi soni ortishi, 65-79 yosh toifasining umumiy aholi tarkibidagi ulushi 15 foizdan 17 foizga, 80 yoshdan oshganlar ulushi 6 foizdan 15 foizga ko‘payishi prognoz qilinmoqda. Shunday qilib, 65 yoshdan oshganlar soni 32 foizni tashkil etishi aytilgan edi.

Eurostat hisob-kitoblarida Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida tug'ilish, o'lim darajasi va migratsiya kabi omillar hisobga olingan.


Tanlangan kalimalar: #Yevropa Ittifoqi

Aloqador xabarlar