Ukraina hujum uyushtirishni rejalashtirmoqda

Reznikov Estoniya milliy telekanallaridan biriga bergan bayonotida, Ukrainaning hujumga o‘tishi haqidagi vaziyatni baholadi.

1967092
Ukraina hujum uyushtirishni rejalashtirmoqda

Ukraina Mudofaa vaziri Oleksey Reznikov Ukraina kuchlari tomonidan aprel - may oylarida bir necha yo‘nalishda hujum uyushtirilishi mumkinligini qayd etdi.

Reznikov Estoniya milliy telekanallaridan biriga bergan bayonotida, Ukrainaning hujumga o‘tishi haqidagi vaziyatni baholadi.

Ukraina Bosh shtabi hujumga o‘tish masalasida qaror qabul qilishi mumkinligiga e’tibor qaratgan Reznikov, “(Hujum) Bu bir necha yo‘nalishda rejalashtirilmoqda. Eng munosib vaqt qachon bo‘lishi va qanday qaror qabul qilinishiga bog‘liq”,-dedi.

Hujumning ob-havo sharoitiga ham bog‘liq ekanini ifoda etgan Reznikov, “Bizda, bahorda yer judayam nam bo‘ladi. Faqat kuzatuv ostidagi transport vositalaridan foydalanish mumkin. O‘ylaymanki, aprel va may oylarida bo‘ladi. Kiyev, Chernigov, Sumi, Xarkov, Xersonda bo‘lganidek, vaqtincha bosib olingan yerlarimizni ham qutqarishimizga ishonchim komil”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Reznikovning iddio etishicha, Bahmut yo‘nalishidagi Ukraina qo‘shinlari Rossiyaning hujum salohiyatini sezilarli darajada kamaytirgan. Bu holat Ukraina kuchlariga, jabhani barqaror ushlab turish va uni hujumga tayyorlashga imkon beradi.


Tanlangan kalimalar: #Ukraina kuchlari , #Oleksey Reznikov , #hujum

Aloqador xabarlar