Filippinda ketayotgan paromda sodir bo’lgan yong‘in oqibatida kamida 12 kishi halok bo’ldi

Filippinda ketayotgan paromdagi yong‘in oqibatida kamida 12 kishi, jumladan 3 nafar bola halok bo‘ldi, 14 kishi jarohatlandi.

1967284

Filippin Sohil Xavfsizlik Kuchlaridan olingan maʼlumotlarga koʻra, kecha kechqurun Mindanao orolidan Jolo oroliga ketayotgan The Lady Mary Joy 3 nomli paromda nomaʼlum sabab bilan yongʻin chiqqan.

Baluk-Baluk oroli yaqinida alangaga taslim bo'lgan paromga Sohil xavfsizlik kuchlari va mintaqadagi baliqchilar aralashuvi natijasida bortdagi 230 nafar yo'lovchining qutqarilgani bildirildi.

Yong'indan keyin kulga aylangan kema jiddiy zarar ko'rib qirg'oqqa chiqarilar ekan, kemada 3 nafari bola bo'lgan 12 kishining jonsiz jasadi topildi.

Voqea yuzasidan batafsil tergov boshlangan.

Tanlangan kalimalar: #Qurbonlar , #Yong'in , #Faryob , #Filippin

Aloqador xabarlar