Braziliyada kuchli yomg‘ir yuzasidan suv toshqinlari va ko‘chkilar qayd etildi

Oxirgi 1 haftadan beri davom etayotgan og‘ir yog‘ingarchilik tufayli ba’zi shaharlarda Favqulodda holat e’lon qilindi.

1966104
Braziliyada kuchli yomg‘ir yuzasidan suv toshqinlari va ko‘chkilar qayd etildi

Braziliyaning shimoliy shtatlarida kuchli yomg‘ir yuzasidan suv toshqinlari va ko‘chkilar qayd etildi. Oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi.

Mamlakatning Ajre, Amazonas, Para, Rondonia, Tokantins va Maranhoa shtatlarida oxirgi 1 haftadan beri davom etayotgan og‘ir yog‘ingarchilik tufayli ba’zi shaharlarda Favqulodda holat e’lon qilindi.

Rasmiylarning xabar berishicha suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida bugungacha 6 kishi halok bo‘lar ekan, 50 mingdan ortiq inson esa vaziyatdan salbiy ta’sir ko‘rgan.

Milliy meteorologiya instituti tomonidan berilgan bayonotda, yomg‘irning davom etishi bildirildi. Kuchli bo‘ron ustidan esa ogohlantirildi.

Harbiy bo‘lmagan mudofaa, 2500 kishining o‘z uy joyini tark etishga majbur qolgani va ayniqsa Ajre shtatiga yordam yetkazib berish kerakligini bildirdi.

Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etayotgani ham ta’kidlandi.

 



Aloqador xabarlar