Belgiya politsiyasi teraktni rejalashtirishda gumon qilingan 8 kishini qo‘lga oldi

Belgiya Federal Prokuraturasi tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, federal politsiya guruhlari erta tongda poytaxt Bryussel va mamlakatning ikkinchi yirik shahri Antverpen yaqinida tintuv o'tkazdi.

1966322
Belgiya politsiyasi teraktni rejalashtirishda gumon qilingan 8 kishini qo‘lga oldi

 

Belgiya politsiyasi teraktni rejalashtirishda gumon qilingan 8 kishini qo‘lga oldi.

Belgiya Federal Prokuraturasi tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, federal politsiya guruhlari erta tongda poytaxt Bryussel va mamlakatning ikkinchi yirik shahri Antverpen yaqinida tintuv o'tkazdi.

Antverpen va uning atrofidagi manzillarda o‘tkazilgan tintuvlarda besh kishi qo‘lga olindi. Qo‘lga olinganlardan ikki nafarining Belgiyada terakt uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rayotgani bildirildi.

Bryusseldagi amaliyotlarda politsiya 3 kishini qo'lga oldi. Ta`kidlanishicha, bu shaxslar ham teraktga tayyorgarlik ko'rganlikda gumon qilingan.

Prokuratura bayonotida ma'lum qilinishicha, ikki shaharda tintuvlar o'zaro bog'liq tergov doirasida amalga oshirilgan.

 

 


Tanlangan kalimalar: #8 kishini qo‘lga oldi , #terakt , #Belgiya

Aloqador xabarlar