Saudiya Arabistonida sodir bo'lgan YTHda 20 kishi halok bo'ldi

Yaman matbuotiga ko‘ra, halokatga uchragan avtobusda yamanlik umra ziyoratchilari bo‘lgan.

1965893
Saudiya Arabistonida sodir bo'lgan YTHda 20 kishi halok bo'ldi

 

Saudiya Arabistonida Umra ziyoratchilarini olib ketayotgan avtobus ishtirokidagi YTHda 20 kishi halok bo'ldi.

Saudiya Arabistoni matbuotida tarqatilgan xabarga ko‘ra, tormozi bo‘shatilgan yo‘lovchi avtobusi Abha va Muhayil Asir shaharlari orasidagi ko‘prikka borib urilgan.

Umra ahlini olib ketayotgan avtobus halokat ta’siridan ag‘darilib, yonib ketgani oqibatida 20 kishi halok bo‘lgani, ko‘p odamlar tan jarohati olgani bildirildi.

Yaman matbuotiga ko‘ra, halokatga uchragan avtobusda yamanlik umra ziyoratchilari bo‘lgan.

Hozircha bu borada rasmiy idoralardan hech qanday rasmiy bayonot berilmagan.


Tanlangan kalimalar: #Saudiya Arabistoni

Aloqador xabarlar