Iroqda yangi saylov qonuni kuchga kirdi

Iroq parlamenti tomonidan berilgan yozma bayonotda, yangi saylov qonunining qabul qilingani ma'lum qilindi.

1965283
Iroqda yangi saylov qonuni kuchga kirdi

 

Iroq parlamentida bahslarga sabab bo'lgan yangi saylov qonuni ma'qullandi va kuchga kirdi.

Iroq parlamenti tomonidan berilgan yozma bayonotda, yangi saylov qonunining qabul qilingani ma'lum qilindi.

Iroqdagi hukumat sherigi shia, sunniy va kurd partiyalari tomonidan tayyorlangan yangi saylov qonuni bilan “ko’p saylov okrugi” tizimi “yopiq ro’yxat va yagona saylov okrugi” tizimiga qaytadi.

Ayrim kichik siyosiy partiyalar va mustaqil deputatlar bu tartibga solish hukmron partiyalarga foyda keltiradi, deb qarshi chiqdilar.

Ma’lumki, siyosatdan nafaqaga chiqqan shia diniy va siyosiy yetakchisi Muqtada as-Sadr va shialarning oliy vakili Oyatulloh Ali as-Sistoniy ham saylov qonunchiligida o‘tmishga qaytishga qarshi chiqqandi.

Eslatma: Iroqda “koʻp okrug” tizimi ilk bor 2021-yil 10-oktyabrda boʻlib oʻtgan saylovlarda tatbiq etilgandi. Ushbu tizim natijasida ayniqsa, Eron tomonidan qo'llab-quvvatlangan shia partiyalari ovoz yo'qotdi. Ushbu saylov qonuniga qarshi Iroq poytaxti va janubiy viloyatlarida norozilik namoyishlari bo'lib o'tgandi.


Tanlangan kalimalar: #Iroq

Aloqador xabarlar