Yamanning Marib shahrida kuchli yomg'ir va toshqinlar tufayli aholi jiddiy zarar ko'rgan

Yaman hukumatining Ko'chirilganlar lagerlari bo'limi tomonidan e'lon qilingan hisobotda, Marib shahrida oxirgi 10 kun ichida kuchli yomg'ir va toshqinlardan zarar ko'rgan ko'chirilgan oilalar haqida ma'lumot berildi.

1964865

Maribda 9120 oilaning suv toshqinidan zarar ko'rgani qayd etilgan hisobotda 273 oilaning to'liq, qolganlarning qisman zarar ko'rgani bildirildi.

Ko'chirilganlar lagerlari bo'limi Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT), xalqaro va mahalliy yordam tashkilotlarini suv toshqinidan jabr ko'rgan oilalarning boshpana va oziq-ovqat ehtiyojlarini qondirish uchun zudlik bilan yordam berishga chaqirdi.

Mamlakatdagi fuqarolar urushi tufayli Maribda 2 milliondan ortiq qochqinlar og‘ir sharoitlarda yashamoqda.

Yamandagi Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan husiylar 2014-yil sentabridan buyon poytaxt Sana va ayrim hududlarni nazorat qilib kelmoqda.

Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya kuchlari 2015 yilning mart oyidan beri husiylarga qarshi Yaman hukumatini qo‘llab-quvvatlamoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar bo'yicha Oliy Komissarligi hisobotlariga ko'ra, Yaman aholisining 73 foizi (taxminan 23,4 million) fuqarolar urushi tufayli insonparvarlik yordamiga muhtoj bo'lib qolgan; Shuningdek, 4,3 million kishi o'z uyini tark etgan.

Mojarolar tufayli mamlakatda 377 ming kishi, jumladan 13 mingdan ortiq tinch aholi halok bo'ldi.

Aloqador xabarlar