AQSh, Turkiya va Birlashgan Millatlar Tashkilotiga minnatdorchilik bildirdi

Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) Qora dengiz don koridori kelishuvini uzaytirish borasidagi sa'y-harakatlari uchun Turkiya va Birlashgan Millatlar Tashkilotiga (BMT) minnatdorchilik bildirdi.

1962741
AQSh, Turkiya va Birlashgan Millatlar Tashkilotiga minnatdorchilik bildirdi

 

Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) Qora dengiz don koridori kelishuvini uzaytirish borasidagi sa'y-harakatlari uchun Turkiya va Birlashgan Millatlar Tashkilotiga (BMT) minnatdorchilik bildirdi.

Oq Uy Milliy Xavfsizlik Kengashining Strategik kommunikatsiyalar koordinatori Jon Kirbi kundalik matbuot anjumanida jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Kirbi, Qoradengiz don koridori kelishuvini uzaytirish borasidagi sa'y-harakatlari uchun Turkiya va BMTga minnatdorchilik bildirdi. U shu tariqa hafta oxiri tonnalab makkajo'xori tashuvchi kemalar urush tufayli oziq-ovqat taqchilligidan aziyat chekayotgan past va o'rta daromadli mamlakatlarga bora olganiga e'tibor qaratdi.

Xitoy rahbari Si Tszinpinni Ukrainadagi hujumlarini to'xtatish uchun Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga bosim o'tkazishga chaqirganliklarini aytgan Kirbi, qaror qabul qilish mexanizmida Ukrainasiz o't ochishni to'xtatishning imkoni bo'lmasligini ta'kidladi.

Jon Kirbi, shuningdek, Putinning mamlakati Ukrainada noqonuniy ravishda anneksiya qilgan Donetsk viloyatining Mariupol shahriga tashrifini ham tilga oldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Mariupol jang maydonidan uzoqda joylashgan. Putin “ular bombalagan shaharlarga” borib, ular sabab bo’lgan zararlarni ko‘rishini ham  umid qilishganini aytdi.

Rossiyaning hali ham Bahmutni qo'lga kirita olmaganiga diqqat qaratgan Kirbi, AQShning Ukrainaga 350 million dollarlik qo'shimcha o'q-dori yordami berishini bildirdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar