Quvayt neft korporatsiyasi mamlakat g‘arbidagi neft to‘kilishi sababli favqulodda holat e’lon qildi

Kompaniyaning Twitter’dagi sahifasida ma’muriy ishlar bo‘yicha vitse-prezident Qusay al-Amirning bayonoti joy olgan.

1962332
Quvayt neft korporatsiyasi mamlakat g‘arbidagi neft to‘kilishi sababli favqulodda holat e’lon qildi

 

Quvayt neft korporatsiyasi mamlakat g‘arbidagi neft to‘kilishi sababli “favqulodda holat” e’lon qildi.

Kompaniyaning Twitter’dagi sahifasida ma’muriy ishlar bo‘yicha vitse-prezident Qusay al-Amirning bayonoti joy olgan.

Mamlakat g'arbida neft to'kilishi sodir bo'lganini, shu sababli favqulodda holat e'lon qilinganini ifoda etgan Amir, "Her qanday qurbon va jarohatlar bo'lmaganini, ishlab chiqarishga ta'sir ko'rsatmaganini va voqea joyida zaharli gaz aniqlanmaganini" qayd etdi.

Guruhlari kerakli tekshiruvlarni olib borganini va voqealar rivoji jamoatchilik bilan baham ko'rilishini bildirgan Amiri, voqea haqida boshqa ma'lumot bermadi.

Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPEK) a'zosi sifatida Quvaytning neft qazib olish hajmi odatda kuniga taxminan 2,8 million barrelni tashkil qiladi.

 



Aloqador xabarlar