BMT Qora dengiz tashabbusini qo‘llab-quvvatlagani uchun Turkiyaga minnatdorchilik bildirdi

Stefan Dujarrik, Qora dengiz don yo‘lagi kelishuvi muddatining uzaytirilishi masalasi ustidan yozma ravishda bayonot berdi.

1961796
BMT Qora dengiz tashabbusini qo‘llab-quvvatlagani uchun Turkiyaga minnatdorchilik bildirdi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Matbuot xizmati kotibi Stefan Dujarrik, Qora dengiz don yo‘lagi kelishuvi muddatining uzaytirilishi masalasini diplomatik jihatdan qo‘llab-quvvatlagani uchun Turkiyaga minnatdorchilik bildirdi.

Qora dengiz don yo‘lagi kelishuvi muddatining uzaytirilishi masalasi ustidan yozma ravishda bayonot bergan Dujarrik:

“2022-yil 22-iyulda Istanbulda imzolangan Qora dengiz don tashabbusi muddati uzaytirildi. Tashabbus, Ukraina portlaridan don va oziq-ovqat moddalari bilan ammiaklarni xavfsiz ravishda tashishni ko‘zda tutmoqda”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.  

Kelishuv, dastlabki ikki davrda 25 million metrik tonna don va oziq-ovqat mahsulotlarini 45 davlatga tashish orqali, global oziq-ovqat narxlarini pasaytirish va bozorlarni barqarorlashtirishga yordam berganini qayd etgan Dujarrik, “Qora dengiz tashabbusini diplomatik jihatdan qo‘llab-quvvatlagani uchun Turkiya hukumatiga minnatdorchilik bildiramiz”.-dedi.

Dujarrikning qayd etishicha, kelishuv, Rossiya oziq-ovqat mahsulotlari va o‘g‘itlarini jahon bozorlariga olib chiqishni rag‘batlantirish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi bilan ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlar uchun gloval oziq-ovqat xavfsizligi jihatidan muhimdir.

Matbuot kotibi o‘z so‘zida, “Ikkala kelishuvga ham qat’iy sodiq qolamiz va barcha tomonlarni ularni to‘liq amalga oshirish uchun harakat qilishga chaqiramiz”,-dedi.

Don yo‘lagi kelishuvi Turkiya, Ukraina, Rossiya va BMT o‘rtasida 2022-yil 22-iyul kuni Istanbulda imzolangandi.

2022-yilning 19-noyabridan boshlab 120 kunga uzaytirilgan shartnoma muddati kecha o‘z nihoyasiga yetayotgandi.

 

 



Aloqador xabarlar