Isroilda hukumatga qarshi namoyishlar davom etmoqda

Isroildagi muxolif partiya rahbarlari ko'chada va Knessetda (parlamentda) Bosh vazir Benyamin Netanyaxu hukumatining sud tartibiga qarshi kurashni davom ettirishlarini bildirdilar.

1961166
Isroilda hukumatga qarshi namoyishlar davom etmoqda

 

Isroildagi muxolif partiya rahbarlari ko'chada va Knessetda (parlamentda) Bosh vazir Benyamin Netanyaxu hukumatining sud tartibiga qarshi kurashni davom ettirishlarini bildirdilar.

Isroilning rasmiy telekanali KANda ko'pchilik muxolif partiyalar ishtirok etgan mushtarak matbuot anjumani o'tkazildi.

Sobiq bosh vazir va yangi muxolifat yetakchisi Yair Lapid matbuot anjumanida, “Sud tizimidagi o'zgarishlar rejasi milliy xavfsizlik va iqtisodiyotga jiddiy zarar yetkazmoqda,  xalqni parchalab tashlamoqda. Netanyaxu zaif bir shaxs. U Adliya vaziri Yariv Levin va Knesset deputati Simcha Rotman nazoratida”. deya bildirdi.

Isroil ommaviy axborot vositalari, shuningdek, Levin va Rotman sud tizimini tartibga solish rejasini boshqarganliklarini xabar qiladilar.

Matbuot anjumanida so'zga chiqqan boshqa muxolif partiya  rahbarlari, Netanyahu hukumati amalga oshirishni rejalashtirgan sud tizimini o'zgartirish rejasiga qarshi ko'chada va Knessetda kurashni davom ettirishlarini ta'kidladilar.

Netanyahu boshchiligidagi koalitsion hukumatning sud hokimiyati vakolatlarining bir qismini Parlamentga o'tkazish harakati hukumat bilan Isroil adliya tizimi, ayniqsa Oliy sud o'rtasida taranglikka sabab bo'ldi.

Isroilda hukumatning sud tartibiga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari bir necha haftadan beri davom etmoqda.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Namoyish , #sud tartibi , #Hukumat , #Isroil

Aloqador xabarlar