Ukraina,6 oydan beri bir rus askari tashlandiq binolarda yashirin yashaganini e'lon qildi

Ukraina, Xarkovda qariyb 6 oydan beri tashlandiq binolarda yashiringanligi bildirilgan bir rus askarining qo'lga olinganini e'lon qildi.

1959600

So‘z yuritilayotgan 42 yoshli askar politsiya guruhlari Kupyansk-Vuzlovi tumanidagi qishloqlarda patrullik qilayotgan paytda qo‘lga olingan.

Askar Rossiyaning 27-mustaqil gvardiya motoo'qotar brigadasidan ekani ma'lum qilindi.

Ukraina politsiyasining mavzu bilan bog'liq bayonotida, "Qo'lga olingan shaxs, Kupiansk viloyati Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan ozod qilinganidan beri yashirinib yurganini da'vo qildi". deb bildirildi.

Fuqarolik kiyimida surati tarqatilgan erkak 6 oy davomida qanday yashiringanligi hozircha noma'lum.

2022-yil 24-fevralda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukrainaga bostirib kirishga buyruq berdi va shu tariqa Rossiya-Ukraina urushi boshlandi.

Putinning aytishicha, u Kiyevning NATOga aʼzo boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik va uni Rossiya taʼsir doirasida saqlab qolish uchun mamlakatni demilitarizatsiya qilish va natsistlardan tozalashni maqsad qilgan.

Tanlangan kalimalar: #6 oy , #Yashirin , #Askar , #Rus , #Ukraina

Aloqador xabarlar